Biz haqimizda
"BLOOM" fast-food tarmog'i o'z faoliyatini 2020-yil 6-iyul sanasida boshlagan. Qisqa vaqt ichida sifatli xizmat ko'rsatish va mijozlar ishonchi tufayli o'z o'rniga ega bo'lgan zamonaviy fast-food maskaniga aylandi.
Faoliyatimizning asosiy yo'nalishi — yangi va mazali fast-food taomlarini tayyorlash, ularni mijozlarga tezkor, sifatli va qulay tarzda yetkazish hamda yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishdir. Har bir buyurtmada sifat, gigiyena va mijozlar mamnunligini ustuvor vazifa deb bilamiz.
Bugungi kunda "BLOOM" kafesining 2 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Filiallarimizda 150 nafardan ortiq malakali va mas'uliyatli xodimlar mijozlarga sidqidildan xizmat ko'rsatmoqda.
"BLOOM" — bu nafaqat mazali taomlar, balki sifatli xizmat, qulay muhit va har bir mijozning mamnunligi uchun doimo intiladigan jamoa. Biz sizga har safar eng yaxshi ta'm va yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishga harakat qilamiz.